Har tong uchun resept!
Oson, tez va juda mazali!
Yo‘qotib qo‘ymaslik uchun o‘zingizga saqlab qo‘ying!
Kerakli mahsulotlar:
-400 ml kefir
-300 g un
-60 g shakar
-40 g kakao
-1 dona tuxum
-2 g osh sodasi
— 5 ml limon sharbati
-60 ml o‘simlik yog‘i
Tayyorlanishi:
Limon sharbati, shakar va tuxum aralashtiriladi, so‘ngra qolgan mahsulotlar un, osh sodasi va kakao kukuni qo‘shiladi. Bir xil ko‘rinishdagi xamir bo‘lguncha aralashtiramiz. U yetarli darajada quyuq holatda bo‘ladi. Xamir uzoq vaqt turib qolishi kerak emas, shu sababli darhol oladini qovurishga kirishamiz. Yaxshi qizdirilgan tovaga yog‘ quyib, o‘rta olovda ikki tomonini ham qovuramiz. Qovurish jarayonida ular yaxshi ko‘tarilishi va sovugach ham yumshoq bo‘lishi kerak.