Kerakli mahsulotlar:
Tuxum – 3 dona
Shakar – 6 osh qoshiq
Sariyog‘ – 100 gramm
Bug‘doy yormasi – 3 osh qoshiq
Tvorog – 750 gramm
Bitta limon qobig‘i
Och rangli mayiz – 2 ta hovuch
Konservalangan ananas — 1 banka
Qanda upasi
Tayyorlanishi:
Tuxum va 4 osh qoshiq qand upasini ko‘pirtiriladi. Unga eritilgan sariyog‘ va bug‘doy yormasi qo‘shib, aralashtiriladi. So‘ngra tvorog, qirg‘ichdan chiqarilgan limon qobig‘i, yana bir marta yaxshilab aralashtiriladi. Yuvilgan mayizlarni qo‘shamiz. Toblama uchun qolipga sariyog‘ surkab, tvorogli massani solamiz. Ustiga ananas bo‘laklari qo‘yib chiqamiz, qolgan shakarni sepamiz. 180 haroratgacha qizdirilgan gaz pechida 40-45 daqiqa davomida pishiriladi.