×

Alalal(30)


“Toshbaqa” torti
Kerakli mahsulotlar:

6 dona tuxumning oqi

6 dona tuxumning sarig‘i

1 stakan shakar

2 stakan un

1 choy qoshiq osh sodasi yoki qabartma (razrixitel)

Kremiga:

750 g smetana

1 stakan shakar

Tayyorlanishi:

Tuxum oqlarini 1 stakan shakar bilan ko‘pirtiriladi. Sariqlari ham 1 stakan shakar bilan ko‘pirtiriladi. Ikkisi aralashtiriladi. Elakdan o‘tkazilgan qabartma va un qo‘shiladi. Gaz listida osh qoshiqdan kamroq (shirinlik qoshig‘ida) solib, 180 haroratda pishiriladi.

Kremi uchun kurakcha bilan smetana va shakar aralashtiriladi. Men 1 stakan shakar juda shirinlik qiladi deb o‘ylayman. Har kim o‘z ta’biga qarab soladi. Ko‘pirtirish talab etilmaydi, shunchaki shakar erishi uchun aralashtiriladi. Pishgan xamirlarni kremga bulg‘ab olinadi, laganchaga qavat-qavat qilib taxlab chiqiladi. Ustidan shokolad qirindisi sepiladi. Tortni shu tariqa qoldirsa ham bo‘ladi. Qavatlar oralariga yangi, nordonroq, masalan yupqa tilimcha qilib kesilgan olma yoki olma + yong‘oq yoki olma, yong‘oq va brusnika terib chiqish mumkin.
Категория: Кулинария (Пазандачилик) | Добавил: Semeh (26.09.2016)
Просмотров: 2232 | Рейтинг: 1.0/11
home-page--v1 messaging- mms tasks--v1