×

Alalal(30)


Shokoladdagi tvorog
Kerak bo‘ladi:

100 g shokolad;

2-3 osh qoshiq shakar;

200-250 g tvorog
Ichiga solish uchun o‘zingiz istagan meva, bu yerda kivi va muzlatilgan olcha ishlatilgan.

Silikonli qoliplar va cho‘tkalar. Suv hammomi yoki mikroto‘lqinli pech, muzxona.

Qanday tayyorlanadi?

1.Shokolad suv hammomi yoki mikroto‘lqinli pechda eritiladi.
2.Silikonli cho‘tkalar yordamida yaxshilab qoliplar shokolad bilan surkab chiqiladi. Shokoladni ayamang, qatlam ko‘proq bo‘laversin. Qoliplar tayyor bo‘lgach, muzxonaga qo‘yiladi.
3.Shokoladimiz qotguncha tvorogli nachinkani tayyorlashga kirishamiz. Buning uchun tvorog bilan shakar aralashtiriladi. Blender yordamida (elak yoki g‘alvirdan o‘tkaziladi) shakar va tvorog aralashtiriladi, bir xil massa holatiga keltiriladi.
4.Kivi va olcha maydalanadi.
5.Muzxonadagi qoliplarni olib, nachinka bilan to‘ldiriladi, navbat bilan tvorog va mevalar solinadi. Tvorog va mevalar aralashtiriladi, agar xohish bo‘lmasa qavat qilib joylashtiriladi. Nachinka chetigacha solinishi kerak. Ustidan shokolad quyib, tekislab chiqamiz. Yana muzxonaga qo‘yamiz.
6.Qoliplarni muzxonadan olamiz (shokolad 5 daqiqada qotadi va shirinlik tayyor). Shokoladdagi tvorogni qolipdan olib, uyda tayyorlangan lazzatdan bahra olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Категория: Кулинария (Пазандачилик) | Добавил: Semeh (26.09.2016)
Просмотров: 1205 | Рейтинг: 1.0/3
home-page--v1 messaging- mms tasks--v1