“Shokoladli duet” torti
Biskvit uchun mahsulotlar: Un – 60 g Kakao – 20 g Shakar – 60 g Sariyog‘ – 50 g Tuxum – 3 dona Vanilli shakar – 1-2 choy qoshiq Qora shokoladdan muss: Shokolad -150 g Yog‘lilik darajasi 30 foizdan kam bo‘lmagan qaymoq – 300 ml Jelatin – 2 g Tuxum – 1 dona Tuxum sarig‘i – 1 dona Shakar – 30 g Oq shokoladdan muss: Oq shokolad – 150 g Yog‘lilik darajasi 30 foizdan kam bo‘lmagan qaymoq – 300 ml Jelatin – 4 g Tuxum – 1 dona Tuxum sarig‘i – 1 dona Shakar – 30 g Tayyorlanishi: 1.Pishiriq qolipiga maxsus qog‘ozni solib, sariyog‘ surkaymiz. Mikser tog‘orachasiga 3 dona tuxum, 60 gramm shakar, 1 choy qoshiq vakilli shakarni solib, yuqori tezlikda oq ko‘pchigan massa hosil bo‘lguncha ko‘pirtiriladi. Massa hajmi 3 barobar ortishi kerak. 2.Tuxumli-shakarli aralashma ko‘pirguncha un bilan kakaoni tayyorlab olamiz. Tog‘orachaga 60 g un va 20 g kakaoni elakdan o‘tkazib, solamiz va aralashtiramiz. Tuxumli-shakarli aralashmaga un va kakaoni ikkiga bo‘lib, solamiz. Bir xil massa hosil bo‘lguncha bir yo‘nalishga qarab aralashtiramiz. 3.2-3 osh qoshiq xamirni eritilgan sariyog‘ bilan birga tog‘orachaga solamiz va aralashtiramiz. Tog‘orachaga biskvitli xamirni qaytarib solasiz va barchasin ehtiyotlik bilan aralashtiramiz. 4.Qolipga xamirni joylashtiramiz, tekislab, oldindan qizdirilgan gap pechida 180 haroratda 15-20 daqiqa davomida pishiriladi. Pishganini cho‘p bilan tekirib olamiz. Tayyor biskvit korjini gaz pechidan olib, biroz sovutishga qo‘yamiz (taxminan 10 daqiqa). So‘ngra qolipdan olamiz, qog‘ozni olib tashlab, chetga qo‘yamiz. 5. Qora shokoladli mussni tayyorlashga kirishamiz. 150 gramm shokoladni maydalab, tog‘orachaga solamiz va suv hammomida eritamiz, to‘xtovsiz aralashtirib turish talab etiladi. Chetga olib qo‘yiladi. 300 ml qaymoqni ko‘pirtirib, muzlatgichga qo‘yib qo‘yiladi. 2 gramm jelatinni qadog‘ida ko‘rsatilganidek ivitiladi. Idishga 1 dona tuxum chaqiladi, 1 dona tuxum sarig‘i, 30 gramm shakar solib, aralashtiriladi. Suv hammomiga qo‘yib, to‘xtovsiz aralashtirgan holatda 57 haroratgacha qizdiriladi. Mikser tog‘orachasiga solib, yuqori tezlikda ko‘pirtiriladi. Tuxumli-shakarli aralashmani ko‘pirtirish jarayonida eritilgan jelatinni qo‘shamiz, massa 24 haroratga tushguncha aralashtiriladi. Mikserning tezligini minimumga tushiramiz, eritilgan shokoladni ingicha qilib quyamiz yoki qo‘lda aralashtiramiz. Muzlatgichdan qaymoqni olib, unga shokoladli aralashmani solib, bir xil yo‘nalishda aralashtiramiz. 6. Qismlarga ajraladigan qolipga biskvitli korjni solamiz, ustiga tayyorlangan shokoladli mussni quyamiz, tekislab, muzxonaga joylashtiramiz. 7. Oq shokoladli mussni tayyorlashga kirishamiz. 150 gramm shokoladni maydalab, tog‘orachaga solamiz va suv hammomida eritamiz, to‘xtovsiz aralashtirib turish talab etiladi. Chetga olib qo‘yiladi. 300 ml qaymoqni ko‘pirtirib, muzlatgichga qo‘yib qo‘yiladi. 4 gramm jelatinni qadog‘ida ko‘rsatilganidek ivitiladi. Idishga 1 dona tuxum chaqiladi, 1 dona tuxum sarig‘i, 30 gramm shakar solib, aralashtiriladi. Suv hammomiga qo‘yib, to‘xtovsiz aralashtirgan holatda 57 haroratgacha qizdiriladi. Mikser tog‘orachasiga solib, yuqori tezlikda ko‘pirtiriladi. Tuxumli-shakarli aralashmani ko‘pirtirish jarayonida eritilgan jelatinni qo‘shamiz, massa 24 haroratga tushguncha aralashtiriladi. Mikserning tezligini minimumga tushiramiz, eritilgan shokoladni ingicha qilib quyamiz yoki qo‘lda aralashtiramiz. Muzlatgichdan qaymoqni olib, unga shokoladli aralashmani solib, bir xil yo‘nalishda aralashtiramiz. 8. Muzlatgichdan qolipni olamiz, oq shokoladli muss ustiga qora shokoladli mussni quyamiz, tekislaymiz hamda muzlatgichga 10 soatga qo‘yamiz. 9. 10 soatdan keyin muzlatgichdan tortni olamiz. O‘tkir pichoqda atroflari kesib chiqiladi, fantaziyani ishga solib bezatiladi. Misol uchun, kakao kukuni sepish mumkin. | |
| |
Просмотров: 1333 | |