KOKOSLI PEChENE
Zarur masalliqlar:
• 100 g un;
• 100 g shakar;
• 200 g kokos qirindisi;
• 2 ta tuxum;
• 1 ch. l. razrixlitel.
Tayyorlanishi:
1. Tuxumni shakar bilan aralashtiring.
2. Kokos qirindisini soling.
3. Unni razrixlitel bilan kam-kam qo`shib, xamir qoring.
4. Xamirni yarim soatga muzlatkichga qo`ying.
5. Qo`lingizni namlab, xamirdan pechenelar shaklini yasang.
6. Pechenelarni 180°S haroratda qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqa davomida pishirib oling.
OLMALI PEChENE
Zarur masalliqlar:
• 120 g shakar;
• 1 paketcha vanilin;
• 4 tuxum;
• 200 g margarin;
• 500 g un;
• 1 paketcha razrixlitel;
• 3 olma.
Tayyorlanishi:
1. Tuxumni shakar va vanilin bilan aralashtiramiz, eritilgan margarinni qo`shamiz, keyin un bilan razrixlitelni solib xamir qoramiz.
2. Olmalarni tozalab, kubik shaklida to`g`raymiz va xamirga solamiz.
3. Maxsus qog`oz solingan tovaga qoshiq bilan xamirdan olib qo`yib chiqamiz va 200 °S haroratda qizdirilgan gaz pechida 10-15 daqiqa davomida pechenelarni tillo rangga kirguncha pishirib olamiz.
KUNJUTLI PEChENE
Zarur masalliqlar:
• 70 g un;
• 60 g sariyog`;
• 120 g shakar;
• 1 tuxum;
• 1/2 kichik qoshikda vanilin yoki 1 paketcha vanil shakari;
• 1 kichik qoshiqda limon soki;
• 160 g kunjut;
• 1/2 kichik qoshiqda razrixlitel;
• 1/2 kichik qoshiqda tuz.
Tayyorlanishi:
1. Un, razrixlitel va tuzni aralashtiramiz.
2. Yumshatilgan sariyog`ni shakar bilan aralashtirasiz, keyin tuxum, vanil va limon soki qo`shilib, mikserda 20–30 soniya aralashtiriladi.
3. Mikserni sekin qo`zg`ab, un kam-kam qo`shiladi.
4. Hosil bo`lgan xamirga kunjutni ham solib, aralashtirasiz.
5. 180°S haroratda qizdirilgan gaz pechida, maxsus qog`oz to`shalgan tovada aylana shaklidagi pechenelarni 8-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.
ShOKOLADLI PEChENE
Zarur masalliqlar:
• 240 g shokolad;
• 4 osh qoshiq sariyog`;
• 2/3 piyola un;
• 1/2 k. q. razrixlitel;
• 1/2 k. q. tuz;
• 2 katta tuxum;
• 3/4 piyola shakar;
• 1 k. q. vanil shakari
• 150 g mayda to`g`ralgan shokolad.
Tayyorlanishi:
1. Gaz pechini 180°S haroratgacha qizdiring.
2. Tovaga maxsus qog`oz tushang.
3. Shokoladni maydalang.
4. Mikser bilan shakar, tuxum va vanil shakarini aralashtiring (4 daqiqa davomida).
5. 240 g shokoladni sariyog` bilan suvli bug`da yoki mikrovalnoviy pechda eriting.
6. Eritilgan shokoladni shakarli aralashmaga qo`shing.
7. Alohida idishda un, razrixlitel va tuz. Unga shokoladli aralashmani qo`shib xamir qoring.
8. Xamirga qolgan 150 g shokolad bo`lakchalarini soling.
9. Aylana shaklidagi pechenelarni 12–15 daqiqa davomida pishirib oling.
«MADLEN» PEChENELARI
Zarur masalliqlar:
• 120 g un;
• 2 tuxum;
• 80 g shakar;
• 90 g sariyog`;
• 1 katta qoshiqda limon suvi;
Tayyorlanishi:
1. Sariyog`ni eritib, tuxum va shakarni qo`shasiz.
2. Mikser bilan yaxshilab aralashtiring.
3. Un va limon sokini solib, xamir qoring.
4. 190–200°S haroratda qizdirilgan gaz pechida 12–15 daqika davomida pishirib oling.
|