×

Alalal(30)


«Sentyabr» salati

To`yimli va mazali yegulik!

Zarur masalliqlar: 400 gr. qaynatilgan go`sht, 200 gr. marinadlangan qo`ziqorin, 6 dona qaynatilgan kartoshka, 5 dona qaynatilgan tuxum, 1 bosh piyoz, salat bargi, ko`katlar, tuz, mayonez.

Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan kartoshka va go`shtni maydalab to`rtburchak shaklda to`g`rang.

2. Piyozni maydalang, qaynatilgan tuxumni katta tishli qirg`ichdan o`tkazing. Marinadlangan qo`ziqorin va salat bargini ham bo`laklarga bo`ling.

3. Barcha mahsulotlarni aralashtirib, mayonez solib aralashtiring. Tuz va maydalangan ko`katlar sepib, dasturxonga torting.

Tayyorlanish vaqti: 15 daqiqa.

4 kishilik. 

Категория: Кулинария (Пазандачилик) | Добавил: Semeh (26.09.2016)
Просмотров: 1555 | Рейтинг: 1.0/1
home-page--v1 messaging- mms tasks--v1