UYG’URCHA LAG’MON
Uyg’urcha lag’monni o’rganishni juda hohlar edim. Chunki uyg’urcha lag’monni o’ziga hos ta’mi bor. Buning sababi xoju degan ziravor ishlatilar ekan, o’zi qora murchga o’xshiydi lekin rangi qizilroq qoraga yaqin rang ekan. Huddi qora murchga o’xshagan dumaloq bo’larkan, keyin maydalab ishlatilar ekan. Lag’mon hamiri tayyorlanishi shu saytimda «o’zbekcha lag’mon» da to’liq yozilgan. Shunga faqat sayini tayyorlanishini yozaman. Kerakli masalliqlar: 300 gr go’sht 2 ta qizil bulg’ori 2 ta ko’k bulg’ori Bir bosh sarimsoq jandiq( man yapaloqroq turi bor ekan shuni ishlatdim) selder ko’kati koreyacha karom( qattiq joyi ishlatiladi, yumshoq joyi ishlatilmas ekan) 1 ta piyoz 1-1,5 cho’mich yog’ kartoshka (man bollarim uchun solaman, aslida solinmaydiku, lekin uyg’urlarni o’zi ham solar ekan ba’zida) ziravorlar( tuz va xoju) va albatta eng keraklisi qora uksus ( uyg’urlarning ovqati usiz bo’lmaydi) 1 ta pomidor 0,5 qoshiq tomat pastasi. Tayyorlanishi: Avval qozonga yog’ni solamiz, yaxshilab qizigandan so’ng go’shtni yapaloqroq to’rtburchak qilib to’g’riymiz. katta kichikligi hohishga qarab. Man kattaroq qilidim. Qizigan yog’da baland olovda qovuramiz, suvi shimilib yog’i ajraguncha. Go’sht qovurilib turguncha qolgan masalliqlarni to’g’rab olamiz, man yirikroq qilib to’g’radim. O’rganganimdek. Faqat piyozni yonlamasiga to’g’radim. Bu jandiqni boshqacha turi ekan, o’rgatgan opa shuni tavsiya qildilar. Oq turgani, koreyacha karomni qattiq joyi. Bu selder, Daniyada selderni faqat shunaqa turi boe ekan, poyasi qalin. Bulg’orilar. Mana go’shtni suvi shimilib, yog’i o;zida qoldi, endi piyozni solamiz. Piyozni solib aralashtirib, biro qovuramiz. Mana bu xojuni maydalangani, bundan yarim choy qoshiq solamiz. Ko’p solinsa tahir maza bo’larkan. Man kartoshka ham soldim. Agar kartoshka soladigan bo’lselar, go’sht bilan piyoz solganda birga qovurila. Yaxshilab pishishi uchun. Mana keyin ikki osh qoshiq qora uksusdan soldim. Biroz qovurilib turadi. Barchasini baland olovda qovuramiz. 5-8 daqiqa qovurilgandan so’ng boshqa masalliqlarni ketma-ketlikda solamiz. Ora-orada aralashtirib turamiz. Biroz qovurilib bo’lgandan keyin, tomat pastasi, jandiq, selder, karomni solamiz. Biroz qovurilgandan so’ng, sarimsoqni solamiz. Bitta aralashtirib ketidan pomidor va bulg’orini ham solib 2-3 minut qovurilgandan so’ng, hamma masalliqlarni ko’mar- ko’mmas suv solamiz. Suv solingandan keyin, tahminan 10 daqiqa qaynasa yetadi. Bulg’orilari kirsillab turishi kerak. Hamirni ustiga sayidan solib , dasturhonga tortamiz. YOQ'IMLI ISHTAHA | |
| |
Просмотров: 1362 | | |