×

Alalal(30)


O‘zingiz bilmagan holatda o‘z hayotingizni barbod qilishning 15 ta sababi

Hayotni uy bilan solishtirish mumkin – qurib bo‘lgach, qulamasligi uchun doimiy parvarishga muhtoj bo‘ladi. Ko‘pchilik odamlar o‘zlari sezmagan holatda barbod qilgan haqiqiy hayotlarini ayrimlardan berkitishadi. Siz bunday noto‘g‘ri tanlovni qilmang! Siz baxtli bo‘lishingiz kerak, shu sababli atrofingizga qarang va hayotingizni barbod qilayotgan omillarni topib, ulardan halos bo‘ling.

1.Xayrlashmasangiz, hayotingizni barbod qilasiz. Hayotni juda jiddiy qabul qilish yaramaydi. Odamlar sizni ranjitishlari, o‘z navbatida siz ularga azob berishingiz mumkin. Yashirin xafagarchilik va g‘azab muhim narsalarga e’tibor qaratishga imkon bermasdan hayotingizni zaharlaydi.
2.O‘zingizga yoqmagan ishga qatnashni davom ettirib, hayotingizni barbod qilasiz. Siz qat’iylik va barqaror maosh olish uchun ishga borib-kelasiz. Lekin bu kelajakda baxtli va erkin bo‘lishingiz uchun nimadir qilish o‘rniga butun hayotingizni bulutli ish kunlariga sarflashga arziydimi?
3.Boshqalar siz haqingizda gapirishlaridan tashvishga tushganingizda o‘z ha yotingizni barbod qilasiz. Barchaga birdek yoqa olmaysiz. Boshqalar siz haqingizda nima deb o‘ylashlaridan tashvishga tushish sizni faqat xarob qiladi.
4.Qaror qabul qilishni keyingi surish bilan hayotingizga putur yetkazasiz. Qaror qabul qilishdan avval barchasi oliy darajada bo‘lishini kutishga chek qo‘ying. Boring va bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarni amalga oshiring!
5.O‘zingiz haqingizda g‘amxo‘rlik qilmasangiz, o‘z hayotingizni barbod qilasiz. Sizning tanangiz – muvaffaqiyatingizni harakatga keltiruvchi kuchdir. Foydali mahsulotlar bilan ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi yordamida sog‘liqni qo‘llab-quvvatlash bilan uni bevosita davolash sizni kelgusida muvaffaqiyat va hozirda o‘zingizga yuqori baho berishni ta’minlaydi.
6.Atrofingizdagi barcha narsadan shikoyat qilishingiz bilan hayotingizni barbod qilasiz.
Shikoyatlar hech narsaga yordam bermaydi, faqat umidsizlik va g‘azab keltiradi. Siz bu quvvatni ijobiy oqimga yo‘naltirishingiz kerak va foydali natija sizni uzoq kuttirmaydi.

7.Tirikchilik haqida afsus chekish bilan hayotingizni barpod qilasiz.
O‘tmishni o‘zgartira olmaysiz. O‘z xatolaringizdan xulosalar chiqaring va oldinga intiling. Oldinda ulkan imkoniyatlaringiz bor – o‘tmish haqida qayg‘urishni bas qiling.
8.Noto‘g‘ri hamkor tanlaganingizda hayotingizni barbod qilasiz. Sizning qadr-qimmatingizni baholay olmaydigan inson bilan yashash va unga baxt berishdan-da qo‘rqinchlisi bo‘lmasa kerak.
9.O‘zingizni boshqalar bilan solishtirganda hayotingizni vayron qilasiz. O‘zingizni boshqalar bilan solishtirish bilan qadringizni kamsitasiz. Budan yomoni bo‘lmaydi. Bir har birimiz noyobmiz, biz bo‘lmagan inson bilan o‘zimizni solishtirish nima uchun kerak?
10.Pul sizni baxtli qiladi, deb hisoblaganingizda hayotingizga putur yetkazasiz. Pullar sizga erkinlikni beradi, lekin hayotda shunday oddiy narsalar borki, ular sizni baxtli qiladi va xech qanday xarajatni talab qilmaydi. Boylikka erishish izidan butunlay quvish va bunga hayotingizni sarflash bilan aqldan ozishga qadam qo‘yishingiz mumkin.
11.Minnatdor bo‘lmasangiz, hayotingizga zarar yetkazasiz. Minnatdor bo‘lish o‘zingizdagi narsalarni qadriga yetishni bildiradi. Agar siz minnatdor bo‘lsangiz, demak sizda boy ichki dunyoingiz bor va doim qalbingizda yengillik bo‘ladi.
12.Ko‘nglingizga yoqmagan insonlar bilan muloqot qilish hayotingizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shaxsiy kuchingizga bo‘lgan ishonchni olib qo‘yadigan insonlar bilan do‘st bo‘lishdanda yomoni yo‘q.
13.Ishonchsiz va ruhan tushkun bo‘lsangiz, hayotingizni barbod qilasiz. Hayotga va kelajakka kuli boqing va barchasi yaxshi bo‘lishiga ishoning. Atrofingizda bo‘layotgan voqealarga salbiy munosabatda bo‘la turib, baxtga erishish mumkin emas.
14.Yolg‘on hayotda yashab, hayotingizga darz yetkazasiz. Ko‘pchilik o‘z hayotini boshqalar bilan o‘lchaydi. Natijada ularning hayoti boshlanmay, o‘tib ketadi. Aslida qanday ekanligingiz bo‘yicha o‘z-o‘zingizga halol bo‘lishingiz kerak – aynan shu sizning kuchingizdir.
15.Dunyodagi barcha narsa haqida qayg‘urish bilan hayotingizni izdan chiqarasiz. O‘zgartira olmaydigan narsalar haqida tashvish qilish va bezovta bo‘lishga hech qachon vaqt sarflamang. Atrofingizdagi haqiqiy narsalarga e’tibor qarating.

Категория: Советы для мужчин | Добавил: s1_official (26.09.2016)
Просмотров: 1340 | Рейтинг: 1.0/4
home-page--v1 messaging- mms tasks--v1