Amerikaning Yuta Universiteti olimlari erkaklar agressiyasi sabablaridan birini aniqladi. Bu tadqiqotga bag`ishlangan maqola Human Nature jurnalida e`lon qilindi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Maqolada ma`lumot berilishicha, erkaklar agressiyasi ular yashayotgan tumanda ayollarning ko`p yoki kamligiga bog`liq. Olimlarning fikricha, bu holat erkaklarning xulq-atvoriga salbiy ta`sir qilib, turli zo`ravonlik jinoyatlarining sodir etilishiga sabab bo`lar ekan.
Bunday xulosaga kelish uchun olimlar AQShning uch mingdan ortiq okrugidagi jinslar orasidagi munosabatlarni o`rganishdi, FRB ning reproduktiv yoshdagi ayollar va erkaklar sodir etgan jinoyatlar statistikasi bilan taqqoslab ko`rishdi.
Olimlarning fikricha, ayollar etishmasligi erkaklarni itoatkor va mo`min-qobil qilib, jufti bilan ajrashmasdan, uzoq yashashga majbur qilar ekan. Mutaxassislar bu tadqiqot turli zo`ravonlik jinoyatlarining oldini olishda katta yordam beradi, deb hisoblashmoqda.
manba: Darakchi.uz