1. Siz ko’chada tanishlaringizni uchratdingiz…
 
 a) U sizni bo’lajak turmush o’rtog’i kabi tanishtiradi; 
 
 
 
 b) U shunchaki birga ishlayapmiz, deb qo’yadi; 
 
 
 
 v) U siz haqingizda lom-lim demaydi. 
 
 
 
 2. Siz unga kiyim sovg’a qilmoqchisiz…
 
 
 
 a) Magazinga kirib, uning o’lchamlarini aniq topishga harakat qilasiz. 
 
 
 
 b) Siz sotuvchidan yordam berishni so’raysiz; 
 
 
 
 v) Barchaga baravar to’g’ri keladigan kiyim tanlaysiz. 
 
 
 
 3. Uning uyidasiz:
 
 
 
 a) Uning sochiqlari tartib bilan taxlab qo’yilgan; 
 
 
 
 b) Unda birorta toza piyola topiladi. 
 
 
 
 v) Uyda butunlay tartibsizlik hukmron. 
 
 
 
 4. Siz u bilan mehmonga birga borasizmi?
 
 
 
 a) Albatta, doimo ikkimizni birgalikda mehmonga taklif etishadi. 
 
 
 
 b) U ham o’z do’stlari bilan, men ham o’z yaqinlarim bilan birga boramiz; 
 
 
 
 v) Uning qarindoshlarini faqat suratlarda ko’rganman. 
 
 
 
 5. Siz uning ish joyiga qo’ng’iroq qildingiz…
 
 
 
 a) Go’shakni boshqa kishi ko’taradi, siz u bilan xushmuomilalik bilan gaplashib, keyin uni yo’qlaysiz; 
 
 
 
 b) Go’shakni kimdir ko’tarishi bilan sevgilingizni so’raysiz; 
 
 
 
 v) Siz o’zingiz to’g’ringizda turli mish-mishlar eshitasiz. 
 
 
 
 ESLATMA: Qaysi harfga tegishli javob sizda ko’p bo’lishi inobatga olinadi. 
 
 
 
 ENDI JAVOBLARNI SANANG
 
 
 
 A: Siz bir-biringizni yaxshi bilasiz va albatta baxtli bo’lasiz. 
 
 
 
 B: Sizga hali bir-biringizni o’rganish va sirlaringizni bilib olish uchun vaqt kerak. Ammo bu hammasi yomon degani emas. 
 
 
 
 V: Sizning sevgilingiz siz uchun xuddi o’g’ilmagan kitobdek sirli. Keyingi harakatlaringizni o’ylab ko’rishingiz kerak 
 
  | |
| 
 | |
| Просмотров: 3261 | |