Qahva ko'pchilikning sevimli ichimligi hisoblanadi. Uning tetiklashtiruvchi xususiyati hech kimga sir emas. Kimdir qahvani achchiq holida, ba'zilar esa shirin ichishni xush ko'radi. Ruhshunoslar insonlarning qahva ichishiga qarab ham uning fe'l-atvorini aniqlaydilar. Endi siz ham bu haqda bilishingiz mumkin Marhamat! Shakarsiz mayda qahva — siz kuchli fe'l-atvor sohibi hisoblanasiz. Qilgan noo'rin harakatlaringizdan umuman qo'rqmaysiz. Ishdagi ma'suliyatni his etishingiz biroz qiyin. Shakarli mayda qahva - siz ma'suliyatli inson hisoblanasiz. Bir ishni boshlashdan avval «Etti olchab, bir kesishni» xush ko'rasiz. Do'stlaringiz uchun joningizni ham berishga tayyorsiz. Ko'pikli qahva — kerak bo'lgan vaqtda aql bilan ish yuritishdan ko'ra, qalbingizga quloq tutasiz. To'g'riso'zlik, qo'li ochiqlik va yaxshilik ulashish sizning asosiy fazilatlaringiz hisoblanadi. Eruvchan qahva — maqsad sari intilishdan umuman charchamaysiz. Boshlagan har bir ishingizni muvaffaqiyatli yakunlab, obro'-e'tiborga loyiq bo'lasiz. Agarda hozircha ko'nglingizdagi natijalarga erishmagan bo'lsangiz, unda hali hammasi oldinda. Shakar va sutli qahva — bunday tarzda ichishni xush ko'ruvchilar og'ir-vazmin fe'l-atvor sohibi hisoblanadi. O'zlarining ko'ngliga yo'l topa olishlari sabab, bekordan-bekor tushunmovchiliklar yuzaga kelmaydi. Siz sevish va sevilish uchun yaralgansiz. Yirik qahva (kappuchchino, glyase) — sizning fe'l-atvoringizni tushunish judayam qiyin. Turli xil sarguzashtlarni xush ko'rasiz. Olam-olam orzu qilishdan charchamaysiz. Do'stlarizga ham ulashing va LIKE bosishni unutmang! | |
| |
Просмотров: 3394 | |