×

Alalal(30)


Qanday ishga layoqatlisiz?
Qanday ishga layoqatlisiz? Rasmdagi daraxtlardan o'zingizga ma'qul kelganini tanlang va javoblarni o'qing.

JAVOBLAR:

1 Barcha ishda komillikka intilasiz. Maqsadingizga erishishingiz uchun barcha vaqtingizni sarflashga tayyorsiz. Siz moddiy foyda uchun emas yangi g'oyalar uchun ter to'kasiz. Siz o'zingiz va atrofdagilarga talabchansiz. Sh bilan birga Siz hudbin emassiz. Kasbdoshlaringiz bilan bemalol kasbingizda erishgan yutuqlaringiz sirlari bilan bemalol baham ko'ra olasiz.

2 Ishlamagan odam tishlamaydi degan maqol sizning shioringiz. Siz uchun birinchi o'rinda ishning moliyaviy tomoni muhim. Katta maosh olish uchun Siz uchun noqulay sharoitda ishlashga ham tayyorsiz. Hamkasblaringiz sizni qattiqqo'l ammo adolatli odam deb hisoblaydilar. Qo'l ostingizda ishlaydiganlar siz bilan ishlashni yoqtiradilar chunki Siz aniq maqsadlar qo'yasiz va hech kimga ''o'zingizni'' ishchilaringizni hafa qildirib qo'ymaysiz.

3 Sizning noyob hususiyatingiz bu dilkashligingizdir. Siz hamkasblaringiz va iste'molchilar bilan tez til topisha olasiz. Katta jamoada ishlashni yoqtirasiz. Chunki siz u yerda doim e'tibordasiz.

4 Birinchi navbatda Siz ijodkor odamsiz. Siz zo'r g'oyalarga ega odamsiz. Shuning uchun ham hamkasblaringiz Sizni hurmat qiladilar. Shu bilan birga Siz doim komillikka intilasiz. Boshqalar tajribasini o'rganish va o'z ustida ishlashga katta e'tibor berasiz.

5 Sizga doim eng qiyin ishlarni osonlik bilan eplay olishingizga sabab bo'lguvchi sifat bu - bardoshliligingizdir. Sizni barqarorlikdan chiqarishni o'zi mushkul ish. Ishingiz chippakka chiqayotgan bo'lsa ham Siz doim vazminlik bilan masalani yechishga kirishasiz.

6 Hamkablaringiz Sizni ishga mas'uliyat bilan yondashishingizni hush ko'radilar. Siz bilan bir jamoada ishlash juda maroqli chunki Siz hech qachon uyaltirib qo'ymaysiz. Siz doim hamkasblaringiz haqida qayg'urasiz va doim yordamga tayyorsiz. Hamkasblaringiz sizga doim, har qanday vaziyatda suyanishlari mumkin.

7 Siz ajoyib tashabbuskorsiz. Kasbdoshlaringiz sizni qilgan ishlaringizni juda qadrlaydilar.

8 Aqliy mehnat tarafdorisiz. Siz yechim topmagan topishmoqni o'zi yo'q. Kasbdoshlaringiz sizni qimmatli maslahatdosh deb biladilar. Jismoniy mehnatni yoqtirmaysiz. Shuning uchun jismoniy mehnat bilan yutuqqa erishgandan ko'ra aqliy mehnat bilan erishishni to'g'ri deb bilasiz.

9 Siz juda qiziquvchansiz. Yordam so'rashdan uyalmaysiz. Shu sifatingiz bilan sohasi ishingizga teskari bo'lgan kasbdoshingizdan yordam so'ray olasiz.

Psihologiya juda qiziqarli fan. Birgina sizga yoqqan rasm bilan Sizning sifatlaringizni aniqlasa bo'ladi.
Agar natijalar sizga mos kelgan bo'lsa do'stlaringizga ham ulashing.
Категория: Психологические тесты | Добавил: s1_official (16.05.2017)
Просмотров: 5453 | Рейтинг: 1.2/6
home-page--v1 messaging- mms tasks--v1