×

Alalal(30)


''Allyo"dan "Allo"gacha: yoki telefon orqali fe'l-atvorni bilib olish.
Kishining telefon qo'ng'irog'iga qanday javob berishi orqali uning fe'l-atvorini o'rganish mumkin.Sinab ko'ring: siz go'shakni ko'tarib ilk bor qaysi so'zni aytasiz va sizga berilgan ta'rif to'g'rimi?

"Alyo" - bunday javobni beruvchi kishi olijanob,ishbilarmon,hazilkash hisli kishi. Ularning asab tizimi mustahkam,shuning uchun bundaylarga tez-tez qo'ng'iroq qilib jahlini chiqara olmaysiz.

"Allo" - bu so'zni vazmin,ichimdagini top kishilardan eshitishingiz mumkin.Ular bilan xotirjam,ortiqcha gap-so'zlarsiz gaplashishga harakat qiling.

"Eshitaman " deb javob beradi quruq mulozamatli,biroz befarq,ko'pincha davlat idorasida ishlaydigan kishi. Bunday kishini yaxshisi ikki marta "eshitaman" deyishga majbur qilmang. U bilan dadil,alohida hurmat bilan gaplashsangiz iltimosingizni injiqliksiz qabul qiladi.

"Ha!"(Da!) - javobi o'z o'zidan ma'lum.Go'shakdagi "ha" fe'l-atvordagi barqarorlik,ishonuvchanlik,shoshilmaslik ba'zan esa ojizlikni anglatadi. U bilan ochiq,lekin muloyimlik va sabr bilan gaplashishga harakat qiling.

"Gapiring" - so'zsiz qo'pollik bu.Bu kishi o'zi hurmat ko'rsatmagan holda sizdan hurmat kutyapti.Siz ham unga shunday ohangda gapiring.Faqat shundagina qo'ngirog'ingiz samara beradi.
Категория: Психологические тесты | Добавил: s1_official (12.07.2017)
Просмотров: 7057 | Рейтинг: 2.3/7
home-page--v1 messaging- mms tasks--v1