1-bo'lib qaysi hayvonni ko'rdingiz?
JAVOBLAR: MUSHUK: Bu har kuni ishga borishga norozichilik, tatilga chiqish sog'inchi va tushlik vaqtidagi tanaffus tezroq yaqinlashishiga bo'lgan hoxishni anglatadi. Sizga qolsa ish kuni boshlanmay turib tugasa. Ahir vanihoyat uyga qaytib, o'rindiqga qulaygina joylashib sevimli film yoki kitobni qo'lingizga olish imkoniyati paydo bo'ladida. KUCHUK: Ayni kunlarda do'stlaringiz davrasini, qo'llab-quvvatlashlarini his qilmoqdasiz va shunday himoya bilan har qanday muammoni hal qilishga tayyorsiz. Kurashishga tayyor turish yaxshi albatta, lekin vazifaga sovuqqonlik bilan yondashib ko'ringchi, yani muammoni bir o'zingiz yolg'izlikda, hech kimni ko'magisiz hal qila olarmidingiz. Ahir atrofingizdagilarning rejalari tez-tez o'zgarib turadiku. Siz esa buni unutib qo'yasiz, sababi o'zingiz hech qachon hech kimni yordam kerak paytda tashlab ketmagansiz. OT: Ayni kunlarda sizni nimadir uyatda qoldirgan va erkinligingizni chegaralab qo'ygan. Balkim boshliq ortidan tatil so'rab yugurayotgandirsiz, Tinchlaning. Hamma ham dam olishni hohlaydi. O'zingizni qo'lga oling, tanlagan jonvoringizga hos bo'ling, sabr-toqat bilan mehnatkashligingizni ko'rsatib bering. SHER: Siz betakrorsiz! Sizga bu haqda ko'p bora aytishgan, shunday emasmi? Sizga o'zingizni yuqorida his qilish uchun yangi soch turmagi yoki buyumlar shart emas. Nigohlaringizning o'zi boshqalarda hurmat va yaxshi ko'rish tuyg'ularini chaqiradi. Va albatta xasadchilar.. Ammo ularni qattiq tanqid qilmang, ahir xaqiqatdan ham bazan o'zingizni toqat qilib bo'lmas darajada tutasizku. Atrofdagilarga yuqoridan qaramasdan ularni o'zingizga teng ko'ring. OQQUSH: Siz sevib qolgansiz. Atrofdagi barcha narsa go'zal ko'rinishining sababi shu, hatto shaxsiy hayotidan norozi qiyofadagi odamlar ham hamma hammasi o'ziga hos bo'lib ko'rinmoqda. Bu juda yaxshi davr, iloji boricha uzoqroq cho'zishga xarakat qiling, hech bo'lmasa maosh olguningizcha. Pingvin: Buni qanday amalga oshirdingiz? Ahir bu yerda pingvinning o'zi yo'q! Yana bir marta nazar solib ko'ring.... Baribir pingvinni ko'ryabsizmi? Bunda sizning, do'stlaringiz va birinchi marta uchrashib qolgan odamlaringiz hayratiga sazovor "Tasavvurga boy ongingiz" sabab. Qoyil. | |
| |
Просмотров: 5214 | | |