Shvetsariyalik psixolog Maks Lyusher rang testlari orqali butun dunyoga mashxur bo'lgan, uning testlari hatto hozirgi kunda ham o'z ommabopligini yo'qotmagan. Insonning ruhiy holatidan kelib chiqib qanday ranglarni maqul ko'rishiga qarab ular orasidagi qonuniyatni topa oldi. Bugungi testimizda insonlarning ranglardagi tanloviga qarab uning ma'nosini o'rganamiz, buning uchun sodda testdan o'tishingizni taklif qilamiz. Bu test sizning ayni damdagi holatingiz va hozirda sizga nimalar yetishmayotganini o'rganishga qaratilgan. Demak, o'zingizga yoqgan ieroglifni tanlab olgan bo'lsangiz javoblarni o'qishga marxamat! JAVOBLAR: 1-IYEROGLIF "MUHABBAT": Qizil rang - mavqega erishishga bo'lgan intilishni bildiradi, g'alaba qozonish va erishib bo'lmaydigan his-tuyg'u va hayotni to'ldirishga imkon beruvchi har qanday narsaga bo'lgan hohishni anglatadi. Hayotingizda yorqin lahzalar tanqis va o'sha hohishlaringizni qondirishga yordam beruvchi odam ham yetishmayabdi, aynan shuning uchun ham shu iyeroglifni tanladingiz. 2-IYEROGLIF "ISHONCH": Siz juda o'zingiz bilan ovora shaxssiz va hayollaringiz, hohishlaringiz o'sha damning o'zidayoq ro'yobga chiqishini hohlaysiz. Oliy bilimlar va maftun qilish kuchiga ega bo'lishni hohlaysiz, sababi sizning qarshingizda odamlar o'zini ojizdek his qilishini yaxshi ko'rasiz. Hozir sizga ilhom va o'zingizga foydali nimadir topishga yordam beruvchi manba yetishmayabdi. 3-IYEROGLIF "ABADIYAT": Qora rang - har qanday g'ashingizni keltiruvchi obyektlarni hayotingizdan o'chirib tashlashga bo'lgan hohishingizni ifodalaydi. O'z hayotingizni boshqatan ko'rib chiqishni va hatto sizga bog'liq bo'lmagan voqealarni ham o'zgartirishni hohlaysiz. Lekin doim o'tmishni qayta o'ylayversangiz, bir aylana ichida yugurayotganga o'xshab qolasiz. Siz o'zingizni dam olish, hordiq chiqarish imkoniyatidan mosuvo qilyabsiz. Fikrlaringizni qo'yib yubora olmayabsiz va sizni bezovta qilayotgan narsalarni o'ylamaslikni uddasidan chiqolmayabsiz, manashular sizga ayni damda birinchi o'ringa chiqib qolgan. 4-IYEROGLIF "KUCH": Sariq rang - siz anchadan buyon uddasidan chiqa olmayotgan, saodatli, baxtli bo'lishga bo'lgan umid va intiqlik vaziyatlardan ozod bo'lishga bo'lgan hohishdan darak beradi. Hozir siz zudlik bilan taniqli va xurmatli bo'lishni hohlayabsiz, chunki manashu sizga oldinga qadam tashlashga kuch beradi deb o'ylaysiz. 5-IYEROGLIF "BARQARORLIK": O'zingizga bo'lgan ishonchingizni, har qanday yo'llar bilan mustaxkamlashni hohlaysiz, shuningdek yashash tarzingizni yuqori darajada yaxshilashni ham. Boshqalarga o'rgatishni va atrofdagilarga yoqishni yaxshi ko'rasiz. Aynan o'qtuvchilik rolida bog'liqlik, barqarorlikni his qilasiz. 6-IYEROGLIF "BAXT": Sizda hordiq chiqarishga bo'lgan yuqori darajadagi hohish mavjud. Qulay sharoitda mavjud bo'lishni va hissiy hotirjamlikda rohatlanishni hohlaysiz. Har qanday kelishmovchiliklar sizni kuch-quvvatingizni olib qo'yadi, shuning uchun ko'p narsaga ko'z yumasiz. Asosiy talabingiz - o'zingizga vaqt ajratib va qanday hohlasangiz shunday dam olishdir. 7-IYEROGLIF "SIR": Siz juda barqaror holatdasiz, hech qanday asab tarangliklarisiz, o'zingizni kerakli deb his qilyabsiz. Yangi hissiyotlarga ochiqsiz. Shunday bo'lsada atrofdagilarga oddiy inson bo'lib ko'rinmaysiz, qandaydir sirni biladigan, lekin bo'lishishga oshiqmaydigan sirli shaxs sifatida tasurot uyg'otasiz. 8-IYEROGLIF "ADOLAT": O'zingizni yashirasiz, atrofdagilar e'tiborda bo'lishni hohlamaysiz va shu yo'l bilan tashqi tasirlardan muhofazalanishni hohlaysiz. Shu tarzda sizda boshqarish borgan sari qiyinlashayotgan kuchli toliqish yig'ilib, ko'payib bormoqda. Balkim, ishda yoki o'qishda og'ir kun tartibiga rioya qilayotgandirsiz. Kuchlaringizni qayta tiklash uchun, o'zingizga bir necha kunlik dam olish tatilini uyushtiring. Telegramda ham bizni kuzatib boring: @Antiqa_Net | |
| |
Просмотров: 5038 | |