Rasmdagi tuvakli gullardan qaysi birining rang uyg'unligi sizga ko'proq yoqdi?
1.QIZIL VA KO'K:⤵️ Siz juda bahs va tortishuvlarga o'ch shaxssiz. O'zingizga bo'ysundirish va g'alaba qozonishga bo'lgan ishtiyoqingiz bir vaqtning o'zida tinch, hotirjam, hayajonga to'la hayotdan yiroq bo'lishga intilish hissi bilan yashaydi. Qadriyat, an'analarni hurmat qilasiz. Ishtahangiz juda yaxshi, sezishimizcha kashanda emassiz yani tamaki chekmaysiz. 2.OQ VA SARIQ:⤵️ Siz hamsuxbat va quvnoq odamsiz. Yoningizda bo'lish yoqimli, baxtni kutib yashaysiz. Miyangizda millionlab g'oyalar mavjud, optimistligingiz bilan atrofdagilarni ilhomlantirasiz. Muloqotdagi mustaqil va odmiligingiz sabab, birinchi suxbatdayoq odamlarning ko'ngliga yoqasiz. 3.PUSHTI VA FERUZA RANG:⤵️ Siz barcha tanishlaringizga nisbatan iliqlik his qilasiz va odamlarga ishonasiz, chunki tushirib ketishlarini kutmaysiz. Juda samimiy insonsiz. Hayolchan va romantik bo'lib ko'rinishingizga qaramasdan, o'ziga juda ishongan va tez qaror qabul qiluvchi insonsiz. G'oyalar yo'lida tog'larni talqon qilishga tayyorsiz. 4.HAVO RANG VA SIYOH RANG:⤵️ Siz tinch, jim-jit joyda qiziqarli kitob o'qib o'tirishni yoqtirasiz. Balkim o'zingizni introvert deb hisoblarsiz. Do'stlaringizda muammolar vujudga kelsa, darrov yoningizga kelishadi, chunki ularni har doim qo'llab-quvvatlashingiz va hamdard bo'lishingizni bilishadi. Atrofdagilar sizni san'atkor, yaratuvchan va bazan betakror, hech kimga o'xshamas shaxs deb hisoblashadi. | |
| |
Просмотров: 5717 | | |