×

Alalal(30)


HAYoTINGIZDA PUL QANDAY O'RINNI EGALLAYDI?..
Xo'sh, moliyaviy masala sizning hayotingizda qanday rol o'ynaydi? Pul haqida o'ylasangiz, tobora oldinga intilasizmi yoki cho'ntagingizda pul kamaygachgina bezovtalana boshlaysizmi?

Savollarga sira o'ylanmasdan javob bering.

1. Pul haqidagi qanday bahsni o'zingizga ma'qul deb bilasiz?

a) ba'zida pulning qimmati juda yuqori bo'ladi;
b) aqlli odamlar pulni yurakda emas, miyada asraydi;
v) kimki hayotida faqat pulga suyanib yashasa, demak, uning tafakkuri juda tor ekan.

2. Tasavvur qiling, qaysidir tanishingiz yoki do'stingiz birdan boyib ketdi. Bu narsa o'zaro munosabatlaringizga qanday ta'sir ko'rsatadi?

a) xursand bo'laman. Negaki, endi zarur bo'lib qolganda undan qarz olishim mumkin;
b) bizning manfaatlarimiz va imkoniyatlarimiz turlichaligi bir-birimizdan sal uzoqroq yurishga majbur etsa kerak;
v) hasadim keladi va shuning oqibatida do'stligimizga putur yetadi.

3. Qo'lingizda qimatbaho buyum yoki qog'oz bor. Uni nima qilardingiz?

a) umuman e'tibor bermasdim. Hech narsa bo'lmagandek yashayverardim;
b) sotib yuborardim;
v) sotib, bankdan foizli hisob raqami ochardim va o'sha yerda asrardim.

4. Qisqa muddatda qanday yo'l bilan boylik orttirsa bo'ladi?

a) qarz olish kerak;
b) xarajatlarni kamaytirish zarur;
v) qandaydir tijorat ishi bilan shug'ullanish kerak.

5. Qimmatbaho sovg'alar qalbingizda qanday hislarni uyg'otadi?

a) xursandchilik;
b) noqulaylik;
v) shu sovg'ani bergan odamdan gumonsiray boshlayman.

6. Agar sizdan kimdir qarz olib, qaytarmasa, qanday yo'l tutasiz?

a) qarzimni so'rab olishga iymanaman;
b) o'sha odamga tinmasdan qarzi borligini eslataveraman;
v) har qanday yo'l bilan bo'lsa ham, qarzni undiraman.

7. Agar yo'lda ketayotib tanga tushib yotganini ko'rsangiz, olarmidingiz?

a) yo'q, bunaqangi mayda-chuydalarga e'tibor berib o'tiradigan odam emasman;
b) bilmadim, kayfiyatimga bog'liq;
v)albatta, olardim.

8. Pul haqidagi suhbatlarga qanday munosabatdasiz?

a) boshqa mavzuda gaplashishni ma'qul ko'raman;
b) agar bu ishga oid bo'lsa, albatta, gaplashgan bo'lardim;
v) oh, pul haqidagi suhbatlar hamisha qiziqarli va foydali kechadi.

9. Do'konda sotuvchi bergan qaytimni sanab ko'rasizmi?

a) hech qachon;
b) ba'zida;
v) doim sanab ko'raman.

10. Televizor orqali beriladigan birja xabarlari kayfiyatingizga qanday ta'sir ko'rsatadi?

a)> men birja xabarlari bilan umuman qiziqmaganman va qiziqmayman;
b) agar bu xabarlar jiddiy bo'lsa, tashvishga tushgan bo'lardim;
v) birja xabarlarini qoldirmay tinglab boraman. Gohida qattiq tashvishga ham tushib turaman.

NATIJALAR:

O'zingizga har bir «a» javob uchun 1 ball, «b» javob uchun 2 ball, «v» javob uchun 3 balldan qo'ying.

10-13 ball

Siz pulni hech qachon birinchi o'ringa qo'ymaysiz. Unga juda yuqoridan qaraysiz. Umuman, pulsiz ham o'zingizni juda yaxshi his etasiz.

14-21 ball

Qanday pul topish va uni sarflashni juda yaxshi o'zlashtirgansiz. Moliyaviy muammolar ruhingizni tushirishiga yo'l qo'ymaysiz. Pulni yaxshi ko'rasiz va uni har qanday yo'l bilan topa bilasiz.

22-30 ball

Hayotingizda pul asosiy o'rinni egallaydi. Boyib ketishni juda-juda xohlaysiz, bu yo'lda ko'p kuch sarflaysiz. Lekin hadeganda boyib keta olmaysiz. Shu sababli bo'lsa kerak, tez-tez kayfiyatingiz tushib, tushkunlik iskanjasida yashashga majbursiz.
Категория: Психологические тесты | Добавил: Isroil (16.12.2019)
Просмотров: 5995 | Теги: qanday, Pul, O'RINNI, HAYoTINGIZDA, EGALLAYDI?.. | Рейтинг: 0.0/0
home-page--v1 messaging- mms tasks--v1