×

Alalal(30)


Sevgi istirobi 19 qism voqealar rivoji
Kamol Salihga Amirni hamma narsasidan maxrum qilishini aytadi.
Leyla Ko’zchio’g’lular xonadoniga keladi.
Amir Janob Xandanning hodimiga qo’ng’iroq qiladi.
Xandanning xodimi: — Janob Amir uyni sizga sotish uchun yana bir haridor bor.
Amir: — Bilasizku. Ko’zchio’g’lu olaman dedimi oladi. Unga ayting. Amir har qanday kelishuvga rozi deb. Xo’sh yana kim ekan xaridor?
Xandanning xodimi: — Janob Kamol Soyder. Janob Xandan bilan u ham kelishuv qilgandi.
Amir: — Janob Xandanga qaytadan qo’ng’iroq qilib, Amir Ko’zchio’g’lu har qanday kelishuvga tayyor ekanini ayting. Men sizdan ushbu eshikdan kirish haqidagi yangilikni kutib qolaman.
Xandanning xodimi tez orada javob berishini aytib u yerdan ketadi. Salih nima uchun uyni sotib olayotgani haqida Kamoldan so’rasa, Kamol nima uchun olmoqchi ekanligini yana ta’kidlaydi.
Leyla Ko’zchuo’g’lular darvozasini taqillatadi. Qorovuldan Vildan va Onderni chaqirishini talab qiladi.
Xizmatkor: — Vildan xonim sizni oldingizga bir mehmon kelibdi.
Vildan: — Kim?
Xizmatkor: — U o’zini Leyla dedi.
Vildan va Onder Leylaning oldiga chiqishadi. Nihan Amirga qo’ng’iroq qiladi, lekin telefon o’chik bo’ladi. Nihan hayron bo’ladi.
Vildan uyda uning haqqi borligini va uni Leyladan olib qo’yishini aytadi. Leyla esa hechnarsani olib qo’yishga haqqi yo’qligini aytib, qo’lidagi hujjatni yirtib tashlaydi va Vildan yuziga sochib tashlaydi.
Onder: — Yana nima qilding?
Vildan: — Sizni bu mavzuga aralashishga umuman haqqingiz yo’q.
Vildan ichkariga kirib ketadi. Onder esa Leylaning ortidan boradi. Leyla unga tinch qo’yishini aytib ketayotsa kelishuvni amalga oshirayotgan Kamol va Salih uni ko’rib qolishadi.
Kamol esa tezda Leylaga qo’ng’iroq qiladi.
Nihan esa Fatih bilan telefonda gaplashadi. Leyla telefoniga qarasa Kamol qo’ng’iroq qilayotgandi.
Kamol: — Leyla axvoling yaxshimi?
Leyla: — Ha tinchlikmi?
Kamol: — O’zim shunchaki nima qilayotganingni bilmoqchi bo’lgandim.
Leyla: — Men hozir do’kondan narsa harid qilishim kerak. Keyinroq o’zim qo’ng’iroq qilaman.
Kamol: — Yaxshi unda. Gaplashamiz.
Leyla: — Mayli.
Kamol hayron bo’ladi. Salih nima bo’lganini so’rasa Kamol Leyla gaplashishni xoxlamaganini aytadi. Nihan yangi ishi bilan kelishuv to’g’risida gaplashadi va mashinasiga chiqib ketadi.
Kamol va Salih mashinada gaplashib ketishayotsa, Salih birdan:
— Kamol ehtiyot bo’l — deb baqiradi.
Kamol rolni zo’rg’a tormozni bosib qoladi. Ro’parasidagi mashinada esa Nihan bor edi. Kamol va Salih darhol mashinadan tushadi.
Kamol: — Axvoling yaxshimi?
Nihan: — Kamol!
Kamol: — Seni ko’rmay qolibman. Uzr!
Nihan: — Yo’q. Shart emas.
Kamol: — Rostdan ham axvoling yaxshimi? Nega yo’lga qaramay ketayotganding. Asosiy yo’lda men bo’lsam.
Nihan: — Yo’q men doim mana shu yo’ldan ertalab mashinamda o’taman.
Kemal: — Nima? Sendan boshqa odam bu yo’ldan yurmaydi demoqchimisan?
Nihan: — Bu yo’ldan mashinada birov yurishini hayolimga ham keltirmagandim. Ayniqsa seni. Hechqachon.
Kamol Leyla yuborganini aytadi. Nihan esa Leylani qo’ng’iroq qilib aytmaganidan hayron bo’ladi. Ular yana mashinasida yo’lida davom etishadi.
Onder va Vildan yana Leylaning uyi mavzusida tortishib ketishadi. Onder Vildanga Leylani tinch qo’yishini aytib do’q qiladi. Vildan esa bu jangni 30 yil avval Onder boshlaganini aytadi. Shu payt Ozan kelib qoladi va nima uchun janjal qilayotganini so’raydi. Ular shunchaki bir masalada biroz tortishib qolganini aytishadi.
Kamol uyi yoniga keladi va u yerda biroz turadi. Tarik va dadasi ishga ketishayotsa, Zeynep ham birga ketishini aytadi. Xuseyn uni yana tergaydi. Zeynep esa dadasidan yana uzr so’raydi. Kamol eshik yoniga keladi va eshikni taqillatmoqchi bo’lganida Xuseyn eshikni ochib qoladi. Fehime Kamolni ko’rib hursand bo’ladi.
Kamol biroz jim turgach: — Dada!…
Fehime: — Xush kelibsan o’g’lim. Qani ichkariga kir.
Xuseyn ham biroz jim turgach: — Qani ichkariga kir. — deydi.
Kamol: — Dada rahmat.
Xuseyn: — Nega unday deysan. Bu sening ham uying o’g’lim.
Kamol ichkariga ketadi. Xuseyn va Tarik ishga ketishadi.
Kamol ishxonasiga keladi. Eshik oldida bir odamni soqchilar ichkariga kirgazmayotganini ko’radi va undan nima muammo borligini so’raydi. Ismail qurilishdagi muammo bo’yicha kelganini aytadi.
Kamol: — Xo’sh ukam, isming nima?
Ismail: — Ismim Ismail
Kamol: — Chiroyli ism ekan. Mening ismim Kamol. Men janob demasdan Kamol og’a deyaqol. Qani menga ayt. Janob Amirga nima muammo haqida aytmoqchisan?
Ismail: — Bizning ish rejimimizda havfsizlik nazorati yo’q. Biz havf ostida qolyapmiz.
Kamol: — Nima Amir Ko’zchio’g’luning ishida havfsizlik sozlamalari yo’qmikan?
Ismail: — Siz ikki yil avvalgi voqeani eshitmaganmisiz?
Kamol: — Yo’q
Ismail: — Otam liftdan tushib ketgan. Shu halokatdan so’ng otam oyog’idan ayrildi.
Kamol: — Bu o’tib ketganku.
Ismail: — To’g’ri o’tib ketgan. Lekin ham biz havfdamiz. Otam oyog’idan ajralib qolgan. Bizning ham hayotimiz har kuni havfda bo’ladi. Bizga yordam bering aka. Janob Amir bizday odamlarni tinglamaydi ham.
Kamol ularga yordam berishga va’da beradi.
Nihan yangi ishi bo’yicha hamkori bilan gaplashib oladi. Nihan ofitsantdan kayfiyatni ko’taruvchi zo’r qahva tayyorlab berishini so’raydi.
Nihan bilan shartnoma tuzgan ayol Asuga qo’ng’iroq qiladi va ish xal bo’lganini aytadi.
Nihan Zeynepga qo’ng’iroq qiladi lekin ovozli pochta ishlayotgan bo’ladi. Nihan Zeynepga ko’rishib gaplashib olishi kerakligini yozib qoldiradi.
Amir Tufandan Tarik va Zeynep haqida so’raydi. Tufan Tarik ishga chiqmaganini va qayta qo’ng’iroq qilishini, Zeynep esa uyidan chiqmayotganini aytadi.
Zeynepning ustozi keladi va Fehime bilan Zeynepning o’qishi masalasida gaplashishadi. So’ng gaplashib bo’lgach, Tufanga qo’ng’iroq qiladi va ish hal bo’lganini aytadi. Bu Amirning navbatdagi nayrangi edi.
Tarik sartaroshxonada ishlayotsa unga Amir qo’ng’iroq qiladi.
Tarik: — Salom Emir Bey.
Amir: — Janob Tarik. Nima bo’ldi? Ishni to’xtatdingizmi?
Tarik: — Biroz boshqa ishlarim bor edi. Bu haqida Janob Tufanga aytgandim. Sizga aytmadimi?
Amir Tarikni ofisga kelishini so’raydi va boshqa sartarosh topa olmaganini aytadi. Xuseyn xonadan chiqadi va Tarikni tergab, tezroq ishlashini aytadi.
Kamol Ismail bilan gaplashib bo’lib, Amirning yoniga kiradi.
Kamol Amirga ishchilarning uskunalari ularning hayotiga havf tug’dirayotgani haqida gapiradi va bunga ko’z yumib ketolmasligini, odamlarni hayoti bilan o’ynashmasligini aytadi.
Amir esa hamma ishlar yaxshiligini aytadi. Kemal esa uning yonidan chiqib ketadi.
Nihanning oldiga Yasemin keladi. So’ng Kamol haqida gaplashishadi. Nihan Amir Kamol va uning o’rtasidagi munosabat haqida bilishini aytadi.
Kamol Onderga qo’ng’iroq qiladi. So’ng, Leylaga qo’ng’iroq qiladi. Leylaning telefoni o’chik bo’ladi. Leyla esa onasining qabriga borib, ichidagi dardlarini to’kib soladi.
Yasemin Nihan o’zini o’zi aldayotganini aytadi. Nihan esa endi Kamol u uchun yo’qligini aytadi va qutiga narsalarni yig’ib axlat qutiga tashlab yuboradi. So’ng, sohil bo’yida biroz turadi.
Ozan esa GPS orqali Zeynepni izlab keladi. Zeynep ichkarida yuvilgan kiyimlarini dorga ilayotgan edi. Ozan unga qarab turadi. Shu payt Ozanga onasi qo’ng’iroq qiladi. Ozan esa telefonini ovozini o’chirishga urunadi. Zeynep ovozni eshitib ko’chaga boqadi. U Ozanni ko’rib qoladi va yugurib ko’chaga chiqadi.
Zeynep: — Ozan jinni bo’lganmisan? Bu yerda nima qilyapsan?
Ozan: — Men seni ko’rgani keldim.
Zeynep: — Qanday yaxshi.
Ozan: — Sendan xavotir oldim.
Zeynep: — Uyimni qayerdan topding?
Ozan: — Ilova orqali.
Zeynep shosha pisha Ozanga ketishini aytib orqasiga qaytadi. Ozan esa nima sababdan bunday qilayotganini so’raydi. Zeynep esa hechnima aytolmasligini va tezroq ketishini iltimos qiladi.
Zeynep telefonini olishi bilan Ozanga qo’ng’iroq qilishini aytadi.
Ozan endi ketayotsa uni Salih ko’rib qoladi.
Salih: — Sen bu yerda nima qilyapsan?
Ozan: — Sen kimsan?
Salih Ozanni yoqasidan ushlaydi:
— Sening muammoyingman, bolakay muammoying.
Salih Ozanni qo’rqitib haydab yuboradi. So’ng Soyderlar xonadoniga yaqinlashib ichkariga qaraydi. Zeynep esa yana oynaga qarab o’z husniga mahliyo bo’lib turadi.
Salih Kemalga qo’ng’iroq qiladi, lekin Kemal ishdaligi tufayli telefonni olmaydi.
Galip, Kamol va Amir ish yuzasidan suxbatlashib turishadi.
Kamol: — Janob Galip sizda gapim bor. Ishchilar hayoti yuzasidan.
Galip: — Xo’sh, qanday?
Amir: — Janob Kamol bizning ish rejamizdagi yuza kelishi mumkin bo’lgan holatlar bo’yicha aytmoqchi. Bu ishchilar uchun havfli bo’lishi mumkin demoqda. Havotirlanmang. Men o’zim har kuni nazorat qilib ko’rib chiqaman.
Kamol: — Siz qarashga majbursiz. Siz!…
DAVOMI BOR…
Категория: SEVGI IZTIROBI • KARA SEVDA | Добавил: s1_official (20.10.2017)
Просмотров: 1249 | Теги: rivoji, qism, istirobi, voqealar, Sevgi, 19 | Рейтинг: 0.0/0
home-page--v1 messaging- mms tasks--v1