×

Alalal(30)


2017-yilning eng antiqa va öziga xos 6 ta sevgi izhori.
Yangi yil kirib kelishiga ham oz fursat qoldi. Ötayotgan yilda butun dunyo böylab yuz minglab oshiq yigitlar öz sevgan qizlariga turmush qurishni taklif qildilar. Biz esa dunyo böylab biroz virtual sayohat qilgan holda, bu takliflarning eng antiqa va kutilmagan 6 tasini tanlab oldik. Öqing va zavqlaning.

1. Uzoqqa bormay, özimizning Toshkentdan boshlay qolaylik.

Toshkentdagi "Lokomotiv” istirohat bog‘ida yigit o‘z sevgan qiziga turmush qurish taklifini romantik tarzda bildirdi. Bu haqda birinchi bölib bog‘ning Facebookdagi rasmiy sahifasi xabar berdi.
"Bog‘imizdagi favvora yonida romantik musiqa ostida turmush qurish taklifi bildirildi, — deyiladi xabarda. — Gullar, kameralar, olqishlar, qizning quvonch ko‘z yoshlari va atrofdagilarning hayajonli luqmalari bilan — qiz ‘Ha!’ — deya rozilik bildirdi”.
Rostdan ham, ushbu mavzu ostidagi birinchi suratga qarab, bir guruh kishilar guvohligida yigitning cho‘kkalagan holda, qizga umid bilan boqayotganini ko‘rish mumkin. Allaqachon qorong‘i tushib qolgani bois, ularni maxsus projektorlar orqali yoritib turishibdi. Yollangan fotosuratchilar esa ushbu "tarixiy” lavhani kadrga muhrlash bilan ovora. Atrofdagilarning ba’zilari ularni havas bilan (qizlar), qolganlari biroz ensasi qotib (yigitlar) kuzatayotganini ko‘rish mumkin.
Facebook postiga bildirilgan izohlarda ham turli fikrlarni o‘qish mumkin. Ko‘pchilik ikki yoshni bunday ajoyib kun va bo‘lajak to‘y bilan tabriklagan. Qolgan foydalanuvchilarning bir qismi yigitni jasorat va hozirgi kunda kamdan-kam uchraydigan romantika uchun maqtagan bo‘lsa, boshqalar o‘zlariga bu holat erish tuyulganini izhor qilishga shoshilgan.
Voqea qahramonlarining har ikkisi ham ular uchun haqiqiy bayramni uyushtirishga yordam bergani uchun bog‘ga minnatdorchilik bildirib izoh qoldirgan. Shu örinda biz ham ularga kelgusi hayotlarida baxt tilab qolamiz.

2. Navbatdagi antiqa taklifni Xitoylik yigit öylab topgan. Deyarli uch yuz million böydoq aholi yashaydigan Xitoydan bitta romantik yigit topilmasligi qiyin albatta.

Xitoylik yigit 99 ta iPhone 6 dan yurak shaklini yasab, sevgilisining qo‘lini so‘radi. Guanchjou shahrida yashovchi dasturchi yigit o‘z sevgilisining qo‘lini so‘rash uchun 99 ta iPhone 6 smartfonidan yurak shaklini yasagani haqida birinchi bölib "The Guardian" nashri xabar berdi. Qiz ko‘plab guvohlar qarshisida yigitning taklifini rad etgan. (Menimcha qiz Galaxy ni yaxshi köradi, yoki bölmasa turmushga chiqish uchun iPhone 7 yaratilishini kutyapti)
Xitoylik yigitning fikricha, iPhone’lardan yasalagan yurak shakli nikoh uzugining o‘rnida bo‘lishi kerak edi. Shuningdek, uning qo‘lida bitta guldasta ham bo‘lgan.
Dasturchi Apple smartfonlarini sotib olish uchun deyarli yarim million yuan (80 ming dollar) (shuncha pulga 4 ta Spark, 3 ta Nexiya, 2 ta Captiva yoki Malibu olsa ham bölardi) sarflagan − bu uning ikki yillik daromadiga teng. Bu mablag‘ o‘rtacha maosh oladigan xitoylik ishchining 17 yillik (!) daromadiga tengligi aytilgan.
Nima ham derdik, muhabbat pulga sotilmaydi deganda, mashoyixlar haq bölgan körinadi.

3. Manzilni Xitoydan Rossiya tomonga özgartiramiz.

Rossiyaning Samara shahri ko‘chalaridan birida yaqinda noodatiy bir olishuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Samara shahr yangiliklar portali bergan ma’lumotga tayanib, "RIA Novosti” xabar berdi.
"Bezorilar”ning adabini berayotgan "panda” libosini kiyib olgan yigit, avval boshda o‘tgan-ketganlarga reklama qog‘ozlarini tarqatayotgan edi. Nishondagi qizga bir necha bezorilar shilqimlik qila boshlagach, "panda" qizni ulardan himoya qildi. U bezorilarga munosib qarshilik ko‘rsatdi. Yigitlar taslim bo‘lgach, qahramon "panda” qizga atirgul buketi bilan yaqinlashib, tiz cho‘kdi va unga turmush qurish taklifini bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, olishuv panda libosidagi yigitning sevgan qiziga turmush qurish taklifi bilan chiqishining noodatiy yo‘li sifatida uyushtirilgan.
Sodir bo‘lgan voqeadan hayajonlangan qiz atrofdagilar olqishi va xitobi ostida rozilik bildirdi. Ajoyib, shunday emasmi?

4. Xit-paradimizning uchinchi örinida öz sevgilisi uchun 305 kilogramm vazn tashlagan Buyuk Britaniyalik kishi.

Tumanli Albionda istiqomat qiluvchi 52 yoshli sobiq pochtachi Pol Meyson internetda amerikalik ayol bilan tanishgach, 305 kilogramm vazn tashladi. Bu haqda Daily Express xabar berdi.

Meyson Massachusets shtatida istiqomat qiluvchi 40 yoshli Rebekka Mauntin bilan Facebookda tanishgan. Ma’lum bo‘lishicha, Rebekka Pol Meyson haqidagi hujjatli filmni tomosha qilgach, Meyson bilan ijtimoiy tarmoq orqali bog‘langan.

Sobiq pochtachi ayol bilan romantik munosabatlar o‘rnatilishi haqida boshida taxmin ham qilmaganini tan oldi.

Avvaliga ayol Meysonning holidan xabardor bo‘lib, unga xo‘jalik yuritishda yordamlashuvchi odamni topishga ko‘mak bermoqchi bo‘lgan. Biroq Skypeda 4,5 soat davom etgan muloqotlaridan so‘ng, sobiq pochtachi va amerikalik ayol o‘rtasidagi munosabatlar o‘zgara boshlagan.

Meysonning aytishicha, uning vazni sevimli insoni bilan tanishguniga qadar 445 kilogramm bo‘lgan. U har kuni jami 20 kilokaloriya beradigan mahsulotlarni iste’mol qilgan. Ma’lumot o‘rnida, kilokaloriyaning bir sutkalik normasi 2,5 ga tengdir.

Pochtachi sevib qolgach, ozishga qaror qilgan va buni uddasidan chiqqan.

Ayni damda Meysonni biror marotaba ham ko‘rmagan ayol Buyuk Britaniyaga kelishni rejalashtirmoqda. Meyson ham tezroq sevimli insoni bilan uchrashishini orziqib kutayotganini ma’lum qildi. Aytishicha, u ayolga turmush qurishni taklif qilmoqchi bölyapti.

5. Navbat Okean ortiga: siznigcha rivojlangan davlatlarda qanday sevgi izhor qilishadi?

Kaliforniyalik yigit o‘z sevgilisiga turmush qurish taklifini osmondagi yozuv orqali yo‘lladi.

The Daily Mail nashrining xabar berishicha, Kaliforniyaning Beverli-Xillz va Santa-Monika tumanlari osmonida bulutli "yozuv” paydo bo‘ldi. Unda Mikko ismli qizga turmushga chiqish taklifi ifoda etilgan. Osmondagi yozuv kichik samolyot yordamida "yozib” chiqilgan.

Taklif mahalliy aholi va bloggerlarning shov-shuviga sabab bo‘ldi. Ular osmondagi yozuvni rasmga va videoga olgan hamda ularni tarmoqqa joylashtirgan.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, qiz o‘z oshig‘ining taklifini qabul qilgan. Shundan so‘ng osmonda "Mikko ‘ha’ dedi” degan yozuv ham paydo bo‘ldi.

Sevishgan juftlikning shaxsi hali aniqlanmagan. Tarmoq foydalanuvchilari ushbu taklif egasi kimligini bilishga qiziqmoqda.

Ko‘kda bunday yozuv qoldirish uchun, kichik hajmdagi samolyot va maxsus qurilmalar xizmatidan foydalaniladi. Bunday uslub nafaqat sevgi izhorida, balki reklama yo‘lida ham foydalaniladi.

Tinib-tinchimagan odamlar, nimalarni öylab topishmaydiya..

6. 2017-yilning eng original va esda qolarli dil izhori Yaponiyalik yigitga tegishli.

Yaponiyalik yigit GPS-rasm orqali o‘zi sevgan qizga turmush qurishni taklif qildi
Yaponiyalik rassom Yusushi Takaxashi sevgan qiziga atab butun Yaponiya hududi hajmida "Menga turmushga chiq” ("Marry me”) yozuvini yozish uchun olti oy davomida jahongashtalik qildi. Bu haqda "Rossiyskaya gazeta” xabar berdi.

Yusushi o‘zi sevgan qizga turmush qurish taklifini bildirish uchun ijodkor kishi sifatida noodatiy yo‘lni tanladi va ishini tashlab Yaponiya bo‘ylab sayohatga otlandi. Uning maqsadi o‘z mamlakati xaritasida GPS yordamida "Menga turmushga chiq” yozuvini yozib chiqishdan iborat bo‘ldi. Shu niyatda Takaxashi 7163 kilometr yo‘lni asosan piyoda bosib o‘tdi.
Avvaldan rejalashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha yurib, "yozuv”ni bitirgach, rassom Xokkaydo oroliga o‘tdi va u yerda o‘q qadalgan yurak tasvirini chizdi. Uyga qaytganida esa qiz uni "Ha…” javobi bilan kutib oldi.
Takaxashi xaritaga muhrlagan yozuv va rasm dunyodagi eng katta GPS-rasm deb e’tirof etildi, rassomning o‘zi esa Ginnesning Rekordlar kitobiga kirdi.

Hozircha shular. Unutmang, har qanday möjizani ham qöllar yaratadi.
Категория: Sevgi olami | Добавил: Isroil (20.12.2018)
Просмотров: 2271 | Теги: Sevgi, Ta, izhori., eng, XoS, Antiqa, 2017-yilning, öziga, VA | Рейтинг: 0.0/0
home-page--v1 messaging- mms tasks--v1