×

Alalal(30)


Oq lolalar… (Sevgi izhori)
U qachonlardir o‘rgangan oddiy qog‘oz
salfetkadan yasaladigan kichkina, chiroyli,
oppoq lolalarni yasay boshladi.
Hech kim tushunmadi kimga va nimaga!?
Odatda bunaqa gullarni restoran, kafelarda
tanishlarga yoki ofitsiant qizlarga ularning
hursandchiligi uchun qoldirib ketishi uning odati
edi. Ammo, u hozir dasturxon atrofida emas
edi.Gullarni yasab bo‘lgach, velosipedni
ko‘chaga haydab chiqdi. Qolganlar ortidan
hayron qarab qolishdi….
…Bekatga borib, hayajondan to‘xtab qoldi. Nima
deyishni, nima qilishni hayolidan o‘tkazgunicha
avtobus ham kelib qoldi.
Qiz esa o‘sha avtobusga o‘tirdi. U esa keyingi
bekatgacha avtobus ketidan quvdi.
Hayolida:
–Yo hozir, yoki keyingi safargacha yana afsus
va kutishlar, – derdi.
Axir, birinchi marta sevganiga gul tutishi edi…
Keyingi bekatda to‘xtagan avtobus oldida
velosipedini qoldirib, haydovchidan ikki daqiqa
kutishini iltimos qildi va odamlar orasidan qizni
topib uning oldiga borib gullarni tutqazdi.
Qiz:
–Nega? – deya oldi xolos.
U:
–Shunchaki.
Qiz olmadi, uyaldi.
U:
–Oling, bo‘lmasa shuncha odam uyiga kech
qoladi, – dedi.
Qiz va butun avtobus kulib yubordi. Qiz gulni
oldi…
U ortiga qaytdi va hayron qoldirib ketgan
do‘stlariga bo‘lgan voqeani aytib berdi.
Hamma hayratdan va kinolardagidek ilk gul
taqdimidan qarsak chalib uni olqishlashdi…
Axir, u muhabbatini o‘z qo‘llari bilan yasalgan
gullar orqali ifodalagan edi. Bu albatta tahsinga
loyiq!
U baxtini o‘z qo‘llari bilan qurishni boshladi…
Категория: Sevgi olami | Добавил: Isroil (24.12.2018)
Просмотров: 1025 | Теги: izhori), lolalar…, (Sevgi, OQ | Рейтинг: 0.0/0
home-page--v1 messaging- mms tasks--v1