Musofir Yigitning nolasi.
ko'zlaringiz suzmang qoshi qalamlar, yiroq keting mendan tashvish-u g'amlar, duo qiling omon boray yaronlar, uyda mening ota-onam kutmoqda. * * * duo qiling, yetay omon bag'riga, kulfat yog'ib, dard qo'shmayin dardiga, borginimcha sabr bergin sabriga, uyda mening ota-onam kutmoqda. * * * Egam menga ravo ko'rsang ham g'amni, lek yig'latib qo'yma ota-onamni. yetar shuncha musofirligim kammi? uyda mening ota-onam kutmoqda. * * * bilaman ko'p, hatolarim bir dunyo, bo'ldim go'yo, qing'ir yo'lda avliyo, yo'llarimga bo'lganicha maxliyo; uyda mening ota-onam kutmoqda. * * * Yiroq ketdim, ado etmay burchimni, O'ylamadim, ko'rdimda o'z kunimni, men nodonni har kun tilab umrimni uyda mening ota-onam kutmoqda. * * * Qalbingda ayt zarracha bormi mexr? Ko'zlaringni aylabdi-ku, nafs so'qir. Xudoyberdi aqlingni yig'gin, axir uyda mening ota-onam kutmoqda... * * * Muallif: Xudoyberdi To'ychiyev | |
| |
Просмотров: 899 | | |