×

Alalal(30)


Ummon - Meni Aldadi
Ummon - Meni Aldadi (Qo'shiq Matni, Тексты Песен)
Men seni boshqacha deb o'ylardim o'zgacha
Lek sen ham ekansan oddiy sen ham ekansan o'sha-o'sha
Aytgin bunchalar arzon bizni bog'lab turgan rishtalar
Bahosi bunchalar ham yolg'on ko'zlaring qarosi
Seni so'zlaringda yo'q haqiqat
Lek oxiri shunga bo'ldim iqror
Men senga hamma sirlarim yig'ib
Aytib bergan ekanman bekor
Bugun yolg'iz o'zim dardlarimni
Yomg'irlarga aytib ovunaman
Sen meni tashlab ketgan jarlikdan
Albatta bir kun keb qutulaman
Qaytib kelganda bahor
Erib ketganda so'ngi yog'gan qor
Bog'lar ichra takror
Ko'risholmaymiz diydor
Lablari meni aldadi
Tubsiz zulmatga tashladi
Oxir yolg'iz qoldirib
Hatto hayrlashmadi
Men seni boshqacha deb o'ylardim shu kungacha
Kuzatmasdim tekshirmasdim ishonardim o'tgan tungacha
Afsus shuncha yil adashib kelgan ekanman bugungacha
Shu kungacha men senga borimni berdim azizam
Bir umr birga bo'lamiz bo'lasan rafiqam
Deb o'ylardim afsus adashdim seni tanlab adashdim
Kimlar nimalar demadi sen haqingda
Men esa yoningni olib bo'ldim yoningda
Kulgim kemasa ham kuldim kuldirganingda
Kuysang besh battar kuydim yuragim tubida
Ortimizdan gapirganlar bo'ldi haq
U esa aldardi ko'zlarimga tik qarab
Uzun qizil tirnoqlari bilan yuragimga
Ismin yozib ketdi atay o'chmas qilib tirnab
Olisdagi bahtlilar
Yordam qo'lin beringlar
Bahtsizlikdan charchadim
Meni olib ketinglar
Yolg'izgina ollohim
O'zingdirsan guvohim
Yolg'izlikdan charchadim
O'zing bo'lgin panohim
So'z demay ketgani
Xanjardan battar botdi
Yuragimga tuyg'ularimga
Malham bo'lib kelmadi
O'zidan qolgan bitmas
Yaralarimga alamlarimga
Qaytib kelganda bahor
Erib ketganda so'ngi yog'gan qor
Bog'lar ichra takror
Ko'risholmaymiz diydor
Lablari meni aldadi
Tubsiz zulmatga tashladi
Oxir yolg'iz qoldirib
Hatto hayrlashmadi
Категория: Qo'shiqlar Matni | Добавил: osa (15.07.2016)
Просмотров: 1573 | Рейтинг: 1.0/4
home-page--v1 messaging- mms tasks--v1