Ulug'bek Rahmatullayev - Anhor
Ulug‘bek Rahmatullayev - Anhor (Qo‘shiq matni) Uyg‘onganda qizg‘aldoqlar, Anhor bo‘yiga shoshaman. Shu anhorda qachonlardir, Seni ilk bor uchratganman. Shahlo ko‘zlaringga boqib, Silagandim sochlaringni. Yulduz tunni yoqtirgandek, Yoqtirardim nozlaringni. Bir kun sendan ayrilishim Xayolimga ham kelmasdi, Men-ku, jondan ortiq sevdim, Seni qalbing sevolmadi. Bir kun sendan ayrilishim Xayolimga ham kelmasdi, Men-ku, jondan ortiq sevdim, Seni qalbing sevolmadi. Iforin sochgan gulga qo‘nar kapalak, O‘sha gul sen, oshig‘ing men bo‘lsam kerak. Bahorni yoz alishdi, yopildi gullar, Guldan ayrilib yig‘laydi kapalaklar. Yana qaytdim o‘tmishimga, Yarim ko‘nglim yana siniq. Agar bilsang, aytgin anhor, Men sevgan qiz kimni sevar? Unutgandir balki meni, O‘zga bilan band o‘ylari. Yoki meningdek pinhona Yig‘lab chiqar kechalari. Ne azobga duchor bo‘ldim, Anhordir mening guvohim. O‘sha qizni uchratganim, Sevganim – yolg‘iz gunohim. Ne azobga duchor bo‘ldim, Anhordir mening guvohim. O‘sha qizni uchratganim, Sevganim – yolg‘iz gunohim. Iforin sochgan gulga qo‘nar kapalak, O‘sha gul sen, oshig‘ing men bo‘lsam kerak. Bahorni yoz alishdi, yopildi gullar, Guldan ayrilib yig‘laydi kapalaklar. Iforin sochgan gulga qo‘nar kapalak, O‘sha gul sen, oshig‘ing men bo‘lsam kerak. Bahorni yoz alishdi, yopildi gullar, Guldan ayrilib yig‘laydi kapalaklar. | |
| |
Просмотров: 1747 | |