Men sendan ko’nglimni uzolmam hamon…
Uyqusiz tunlarim davom etmoqda, Qo’llaring tutmoqlik men uchun armon. Seni sog’inish-la umrim o’tmoqda, Men sendan ko’nglimni uzolmam hamon… Bilaman, befoyda barcha harakat, Qalbimda so’z demay yig’laydi hijron. Surating tasvirlab hayolda faqat, Men sendan ko’nglimni uzolmam hamon… Chorlaydi sen tomon meni bu xislar, Borarman pinxona manziling tomon. Ko’rinish berishing so’raydi ko’zlar, Men sendan ko’nglimni uzolmam hamon… Eslayman sen bilan uchrashgan kunni, Mayingina shivirlab yig’lardi osmon, Tushlarimda ko’rib xatto u kunni, Men sendan ko’nglimni uzolmam hamon… Parvoz qildik juft qilib qo’llarimizni, Hayot bizni baxtdan sarmast qilgandi. Nega endi o’zi ayirdi yo’llarimizni, Men sendan ko’nglimni uzolmam hamon.. | |
| |
Просмотров: 1344 | | |