| ESINGDAMI ??? Suyganlarim esingdami, Kuyganlarim esingdami? Bulbul kabi kuylab-kuylab, To'yganlarim esingdami? Telbalikning libosini, Kiyganlarim esingdami? Seni yot-la ko'rgach, qovoq Uyganlarim esingdami? Kiprik to'ksam sog'inchlarga, Yo'yganlarim esingdami? Suyganlarim esingdami, Kuyganlarim esingdami? | |
|
| |
| Просмотров: 2104 | |