ALVIDO
Men bugun armonlar eshigin yopdim Sog'inch yo'llarini ko'mib tashladim U yerdan yurmasin xech qachon xech kim Yurakdan ismingni o'yib tashladim Visol onlarini o'chirdim vaqtdan Sevgi sharobini to'kib tashladim Yurakka sabrni so'radim xaqdan Sensiz yashamoqqa ko'na boshladim Ko'zdagi yoshlarni artdim shunchalar Qontalash chiziqlar qoldi ko'zimda Endi kunlarimda botmas kechalar Xatto soyang qolmas biron izimda Tinch qo'ydim, alamni xaydab yubordim U sening alaming yolg'iz seniki Xijronning ko'zlarin o'yib yubordim Kutib ol xijron xam seniki Men qaddim tikladim qadrim sinmagan Yurakka nafratni yozib o'rgatdim Xech qanday tuyg'uga boshin egmagan ALVIDO so'ziga xaykal o'rnattim | |
| |
Просмотров: 3561 | |