Do'stlarim,qadrdonlarim,saytdoshlarim!Biz bu mavzuda bir paytlar shu saytda faol bo'lgan,yoki faol bo'lmagan bo'lsada o'zining odamiyligi,xushxulqligi va qaysidir odamlar ilg'ay ko'pchilik ilg'ay olmagan lekin oltinga teng jihatlari bilan ko'nglimizdan joy olgan qadri,hurmati baland hozirgi kunda saytda bo'lmagan saytdosh do'stlarimizni eslaymiz,ular haqida suhbatlashamiz... Mening shunday yaqin,qadrli saytdosh do'stlarimdan biri kimdir yaxshi taniydigan,kimdir tanimaydigan Arazchi Qizaloq haqida gapirmoqchiman...U qizni o'z singlimday ko'rardim,juda aqlli,odobli,fikri teran lekin yosh boladek beg'ubor qiz edi. U bachkanalikdan yiroq,har bir mavzuga mavzudan kelib chiqib,forumni hurmat qilgan holda masuliyat bilan munosabat bildirardi.U qizni hech bir postida bemanilik ko'rmaganman.O'zgalarni ham,o'zini ham hurmat qilishni bilardi.Oqibatli qiz,mehribon singil edi.forumga,kutubxonaga juda qiziqardi.hozir anchadan beri saytga kirmaydi turmushga chiqdi.Qayerda bo'lsayam so'g' omon bo'lsa bo'ldi.Baxt omad yor bo'lsin doim,umri uzoq bo'lsin.Singlim, biz seni unutganimiz yo'q!